Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada ingliz yuridik terminlarining o‘zbek tiliga o‘zlashish jarayoni leksik-semantik va tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot huquqiy tarjimaning interdistsiplinar tabiati, huquqiy tizimlar o‘rtasidagi konseptual nomuvofiqlik hamda terminologik ekvivalentlik muammolariga tayangan holda olib borildi. Mavjud ilmiy adabiyotlar va huquqiy diskursda kuzatiladigan amaliy birliklar asosida o‘zlashuvning asosiy yo‘llari — bevosita transliteratsiya, qisman kalkalash, semantik moslashuv va gibrid shakllar — ajratib ko‘rsatildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ingliz yuridik terminlari o‘zbek tilida ayniqsa xalqaro huquq, shartnomalar, arbitraj, mediatsiya va compliance bilan bog‘liq sohalarda faol qo‘llanadi; shu bilan birga, ayrim terminlar uchun parallel variantlar saqlanib qolmoqda. Bu holat terminlarning faqat lingvistik emas, balki institutsional va normativ maqomga ham ega ekanini ko‘rsatadi. Maqola huquqiy terminologiyani standartlashtirish, tarjima sifatini oshirish va ilmiy leksikografiya uchun amaliy tavsiyalarni ham ilgari suradi.</jats:p>