Abstract
<jats:p>Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalar va elektron xizmatlar iqtisodiyotda keskin rol o‘ynab borayotgan bir paytda, tijorat banklari ham boshqaruv jarayonlarini yangi sharoitga moslashtirishga majbur. Maqolada iqtisodiy tahlil usullari va ularning tijorat banklari boshqaruvida qo‘llanilishi muhokama qilinadi, shuningdek, O‘zbekistondagi tijorat banklari faoliyatidan olgan statistik ma’lumotlar asosida tahlil va takliflar keltiriladi. Iqtisodiy tahlil banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish, raqamli xizmatlar samaradorligini baholash va boshqaruv qarorlarini asoslashda muhim vosita ekanligi ko‘rsatiladi. </jats:p>