Back to Search View Original Cite This Article

Abstract

<jats:p xml:lang="tr">Rossiya istilosidan keyin turk xalqlari dastlab chor hukumati, keyin bolsheviklar va sovet tuzumi tomonidan turli tazyiqlarga uchradi. Ushbu tillarning fonetikasi, alifbosi, imlosi, lug‘at boyligi va atamalarini rus tiliga yaqinlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich o‘zgartirish bo‘yicha keng ko‘lamli tizimli ishlar olib borildi. Amalga oshirilgan tadqiqotlarda ushbu tillarning umumiy xususiyatlariga e’tibor bermagani holda, ularni bir-biridan ajratib turadigan turli sohalarini tahlil qilishga, ularni bo‘rttirib ko‘rsatishga katta e’tibor qaratildi. 1926-yil 26-fevralning 5-martigacha Bokuda boʻlib oʻtgan Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyida turk tillarining adabiy tili, alifbosi, imlosi va terminologiyasi kabi mavzular muhokama qilindi. 1927-yil 3-7-iyun kunlari Bokuda Yangi Turk alifbosi Markaziy Qoʻmitasining birinchi plenumi boʻlib oʻtdi. Unda turk alifbolarini birlashtirish masalasi muhokama qilindi. Mazkur tadbirlarda qizg‘in muhokama qilingan masalalar ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilib, tegishli xulosalar chiqarildi. Bugungi kunda ushbu tadqiqotlarni, ayniqsa, sobiq SSSR hududida olib borilgan ishlarni qaytadan tahlil qilish, baholash va xolis xulosalar chiqarishga ehtiyoj katta. Bundan tashqari, turk tillarining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beruvchi va qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ladigan ayrim muhim masalalar tahlil qilinmagan. Birinchi Butunittifoq turkologiya qurultoyida ham, Yangi turk alifbosi Markaziy qoʻmitasining birinchi plenumida ham turk tillaridagi singarmonizm hodisasini bartaraf etish, unli tovushlarni bildiradigan harflar sonini kamaytirish takliflari ilgari surilgan. Bu takliflar anjumanlarda ishtirok etgan turk xalqlari vakillari tomonidan rad etilgan. 1934-yildan soʻng oʻzbek adabiy tilidan singarmonizm qonunini chiqarildi va alifbodagi unli tovushlarni ifodalovchi 9 ta harfdan 3 tasi qisqartirilib 6 taga tushirildi. Maqolada rus turkologlari tomonidan ilgari surilgan turk tillaridagi singarmonizm qonunini chiqarish va turk tillari alifbolaridagi unli tovushlarni ifodalovchi harflar sonini kamaytirish masalasi birinchi marta ko‘rib chiqiladi.</jats:p>

Show More

Keywords

turk birinchi tomonidan alifbosi ushbu

Related Articles